Android dasturlash icon

Android dasturlash

1.0

Android ilovalar yaratishni o'zbek tilida o'rganing.

App Information

Version
Update
Apr 14, 2024
Developer
Category
Installs
10,000+

App Names

App Description
Android ilovalarni ishlab chiqish butun dunyoda, shu jumladan O'zbekistonda ham ommalashib borayapti. Bu yo'nalishda siz nafaqat ma'lum bir kompaniyalar uchun, balki shaxsiy ilovalaringizni ham ishlab chiqib, daromad topishingiz mumkin bo'ladi.

Kursda nimalar o'rganiladi?

Kursni o'rganish Java dasturlash tilidan boshlanadi. Keyingi bosqichda Androidning fundamental bilimlari beriladi.

Shu bilan bir qatorda, MySQL va Php orqali Rest API yozish ham alohida o'rgatiladi. Aslida, Android dasturchilari bu narsani o'rganishlari muhim emas, lekin biz faqat kompaniya uchun emas, o'zi uchun ham murakkab imkoniyatli dastur yaratmoqchi bo'lgan o'quvchilarni qo'llab-quvvatlash uchun bu ikki texnologiyani kurs tarkibiga qo'shdik :)

Dasturlashni bilmasam ham o'rgana olamanmi?

Albatta! Kursning birinchi modulida Java dasturlash tili o'rgatiladi. Elementar tarzda, barchaga tushunarli qilib darslar tuzilgan. Turli mavzudagi masalalar ham ishlab ko'rsatilgan. Batafsil, Kurs tarkibi bo'limida tanishishingiz mumkin.

Nega darslar Javada tuzildi, Kotlinda emas?

Birinchidan, java hamjamiyati juda katta. Bu degani, siz istalgan savolingizga internet orqali bir zumda javob topa olasiz. Ikkinchida, juda ko'p professional dasturchilar Kotlinni boshlashdan oldin Javaga murojaat qilishni so'raydilar, shunda Kotlin qiyinchlik tug'dirmaydi. Bundan tashqari, kursning yangi versiyalarida Kotlin ham o'rin egallaydi.

O'rganishimga qancha vaqt ketadi?

Bu sizning o'z ustingizda qancha ishlashingizga bog'liq. Agar o'rganuvchi 0 dan boshlayotgan bo'lsa, keltirilgan darslarni qattiq mehnat va ko'p amaliyotda qo'llasa, 4-5 oy ichida o'rganib olish mumkin. Agar dasturlashdan xabari bor kishi o'rganayotgan bo'lsa, bir necha kun yetarli bo'ladi.
Read more